Rossiyada 9 may kuni Stalin byusti ochildi
9 may kuni Rossiyadagi yirik shaharlardan biri – Novosibirskda Stalin byustining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni o‘tkazishda Novosibirsk shahar meri bosh-qosh bo‘ldi.
Novosibirskda Iosif Stalinning byustini o‘rnatish shahar fuqarolari o‘rtasida qizg‘in bahslarni yuzaga keltirdi. Aksariyat fuqarolar shaharda Stalin byustining o‘rnatilishiga mutlaqo toqat qilib bo‘lmaydigan holat deb hisoblashlarini bildirdilar. Ammo, bugungi kunda Novosibirsk shahri meri Rossiya kommunistik partiyasi vakili bo‘lgani oxir-oqibat haykalni o‘rnatilishida muhim rol o‘ynadi.
Haykalni tantanali ochish marosimida kommunistik partiya vakili bo‘lgan mer Anatoliy Lokot jumladan qo‘yidagilarni gapirdi:
"Biz g‘oliblarmiz. Aniqrog‘i, g‘oliblar farzandlarimiz. Shuning uchun Ikkinchi jahon urushida g‘olib bo‘lgan otalarimizni, bobolarimizni qahramonliklarini unutishga aslo haqqimiz yo‘q. Shu jumladan, Stalinning bu urushda qozonilgan g‘alaba uchun qilgan xizmatlarini. Agar o‘shanda u Bosh qo‘mondon bo‘lmaganida va Armiyani boshqarmaganida urush biz uchun boshqacha, ayanchli tugashi ham mumkin edi".