Rossiyada aholi faqat musulmonlar hisobidan ko‘paymoqda
Rossiya 1991 yildan buyog‘iga demografik muammolar girdobida yashayapti.
SSSR tarqashi ortidan Sobiq Ittifoq respublikalaridan ko‘plab odamlar ko‘chib keldi. Bunday ko‘chib kelishlar hanuzgacha davom etayapti. Ammo, baribir, Rossiyada aholi soni sezilarli kamayib bormoqda. Buning sababi, mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichi nihoyatda past. Hozirgi kunda Rossiyada faqat musulmonlar yashaydigan mintaqalarda yoki musulmonlar oilasida tug‘ilish ko‘rsatkichlari birmuncha yaxshi. Boshqalarda esa ko‘rsatkich juda past. Shuning hisobiga Rossiyada yashayotgan musulmonlar davlatni demografik falokatdan asrab turishibdi.
Ommaviyligi jihatidan Islom Rossiyada nasroniylikdan keyinda turgan bo‘lsa-da, unga e’tiqod qiluvchilar soni keskin ortib borayotgani bois, tahlilchilar bu mamlakat tobora musulmonlashayotganini bildirmoqda. Sababi o‘sha, mamlakatda musulmon aholi o‘rtasida tug‘ilish ko‘rsatkichlari ancha yuqori.
Rossiyada 2010 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, mamlakatda Islomga e’tiqod qiluvchilar soni 15 million atrofida bo‘lgan.
Bu aholining 10 foizi demakdir. Atigi uch yil ichida bu ko‘rsatkich keskin ko‘tarilib, 20 millionga chiqdi.
Bu raqamni Rossiya Musulmonlar idorasi ham tasdiqladi.
Ayni paytda bu mamlakatda aholining 14 foizidan ortiqrog‘i Islom diniga e’tiqod qiladi va tug‘ilayotgan har 4 nafar insonning biri musulmon oilasida tug‘ilayapti.
Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.