Rossiyada farzand ko‘rgan ayollarga qancha mablag‘ berilishini bilasizmi?
Rossiyada 2020 yil 1 yanvardan boshlab farzand ko‘rgan onalarga to‘lanadigan mablag‘ miqdori yana oshiriladi, ya’ni 470 ming rublga yetkaziladi. Bu 7230 dollar degani. Bu haqda Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin Sankt-Peterburgda o‘tkazilayotgan xalqaro forumda ma’lum qilgan.
Bugungi kunda farzand ko‘rgan onalarga 453 ming rubldan (6969 dollar) berilmoqda. Farzand ko‘rgan onalarga pul to‘lash dasturi Rossiyada 2007 yildan beri ishlab kelayapti. Ushbu mablag‘ asosan ikkinchi yoki navbatdagi farzand tug‘ilganda beriladi.
Pul mablag‘lari farzand ko‘rgan ayolning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ushbu mablag‘ni ayollar uy-joy ta’miri uchun kattaroq summada bir marta yoki farzandlarini tarbiyalash jarayonida oyma-oy belgilangan summada olishlari mumkin.
Bugungi kungacha 9.2 oila ushbu mablag‘ sertifikatini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning aksariyati o‘z mablag‘larini uy-joyini ta’mirlashga ishlatgan bo‘lsa, bir qismi esa bolasini boqish uchun oyma-oy belgilangan summada olayapti.