Rossiyada ish haqini ololmayotgan 131 nafar o‘zbekistonlikka oylik maoshi undirib berildi
- 11.09.2023 11:11
- 24
- Xorij
Rossiyada ishlayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markaziga oylik maoshini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat ishi doirasida Markaz mas’ul xodimlari tomonidan ish beruvchi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida “SMU-161” qurilish korxonasidan 131 nafar fuqaroning 11 million 517 ming rubl (120 ming AQSh dollari) miqdoridagi oylik maoshlari to‘liq undirilib berilgan.
Teglar:
migrantlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa