Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina oddiy veterinar vosita bo‘lib chiqdi

Bu haqda Rossiya biofermatsvetika kompaniyasi rahbari, Rossiya fanlar akademiyasi biokimyoviy fizika instituti ilmiy xodimi Aleksandr Kudryavsev o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.
“Ular uzoq muddat o‘z tarkiblarini (vaksina tarkibi) e’lon qilmadi. Nihoyat, ular bu ishni amalga oshirdi va meni ko‘nglim qoldi. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, men bu vaksina rekombinant oqsillar, adenoviruslarga asoslangan zamonaviy... Qisqasini aytganda, “jonli” vaksina deb umid qilgan edim. Ammo bu veterinariya vaksinalari. U yerda milligramm miqdorda mollarga qilinadigan peptid vaksinalari bor. Masalan, o‘lib qolsa ham vahimali joyi yo‘q - kasallikni tarqatmasa bo‘ldi qabilida. Aql-idroki va xotirasi joyida bo‘lgan hech kimning xayoliga bu bilan odamlarni emlash kelmaydi. Demak, kimningdir - Rossiyaning yetakchi ilmiy maskanlaridan birining xayoliga kelibdi. Hayratdaman. Taqqoslash uchun oddiy grippga qarshi vaksinada bor yo‘g‘i 45 milliklogramm antigen bo‘ladi. Hatto shu ham barchada asoratlarsiz o‘tmaydi. Shu sababdan ham Grippol Plyus kabi vaksinalar ishlab chiqiladi. Bu yerda har bir antigen 5 millikilogramdan, jami 15 milliklogramm bo‘ladi. Bu “xavfsizlik”ning “samaradorlik”dan ustunligi holati”, deb yozdi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Vektor” markazida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinada 225 milliklogramm antigenlar mavjud.
“Ehtimol, 250 milliklogramm ham bo‘lishi mumkin. Ular tarkibni aniq ko‘rsatmagan, har bir antigen 75+-15 milliklogramm, deb yozishgan. Yana deyarli 700 milliklogramm gidroksid allyuminiya – o‘ta xavfli ad’yuvant, undan butun dunyo voz kechmoqda. Ular esa qo‘shib yuborishibdi. Men samaradorlik haqida hali gapirayotganim yo‘q. Peptidli vaksinalar tabiiy virusning uch o‘lchovli tashkil etilishini saqlamaydigan kichik chiziqli antigenlar bo‘lib, unda neytrallashtiruvchi antitanalar ishlab chiqarishi kerak. Shuning uchun chorvachilikda bunday vaksinalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi”, deb aniqlik kiritdi Kudryavsev.
“Shunday, shoshilsang – kulgiga qolasan yoki o‘ldirasan”, qo‘shimcha qildi u.