Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga mo‘ljallangan 140 ming o‘rinli yotoq joylar tashkil etildi
- 13.05.2020 22:43
- 123
- COVID-19
Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi.
“Bugungi kunga kelib 140 mingdan ortiq yotoqxonalar tashkil etildi. Biroq bu yotoq joylarning formati boshqacha, jonlantirish bo‘limlariga nisbatan ular ancha ortda qoladi”, dedi Murashko RF Davlat Dumasida qilgan chiqishida.
Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bugungi kunga kelib koronavirus holati qayd etilishi bo‘yicha dunyoda AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinni band etgan. Mamlakatda jami 232243 (+10899) nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etilgan.