Rossiyada majburiy ishlatilgan fuqarolar Vatanga qaytarildi
Fuqarolar www.birgamiz.com elektron platformasi orqali yordam so‘rab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat yo‘llashdi.
Samarqandlik F.M oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sabab Rossiyaning Tomsk shahriga qurilish ob’yektida ishlash uchun borgan. Ish jarayonida baxtsiz hodisa sabab balandlikdan yiqilib, ikki oyog‘i shikastlangan.
Shuningdek, Farg‘onalik T.P va X.M 2020 yil noyabr oyida tanishi tomonidan Rossiyaga ishga chaqirilgan. Krasnoyarsk o‘lkasida yog‘ochni qayta ishlash korxonasida mehnat sharoitlarisiz va sovuqda olti oy majburiy ishlatib kelingan. Natijada uning o‘ng qo‘l barmog‘ini sovuq urushi oqibatida implantatsiya qilinadi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilib, 25 iyun kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Irkutsk-Farg‘ona, Tomsk-Novosibirsk-Samarqand yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarildi.