Rossiyada muhojirlar yetishmasligi sabab ishchilarning ish haqi oshyapti
2021 yilning birinchi yarmida xorijiy ishchi kuchi taqchilligi past malakali ishchilarning o‘rtacha ish haqi oshishiga, shuningdek, o‘z navbatida oziq-ovqat va xizmat narxi oshishiga olib keldi, deb yozadi RBK (RosBiznesKonsaltin) Headhunter portali tadqiqotiga tayanib.
Mutaxassislar qurilish, transport, ishlab chiqarish kabi sohalarda raqobat pastligini qayd etishdi: bir ish joyiga bir yoki ikki kishi to‘g‘ri keldi. Pandemiya boshlanganidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlaridan keluvchilar soni kamaydi, bu muhojirlar uylariga qaytishni boshlagani bilan bog‘liq. Teskari tendensiya esa hali boshlanmadi, shuning uchun muhojirlar tanqisligi saqlanib qolmoqda, dedi Headhunter kompaniyasining analitik biznes yechimlari bo‘limi direktori Natalya Danina.
Uy -joy kommunal xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, yetkazib berish va taksilarda tang holat kuzatilmoqda. Ishchilar yetishmasligidan bo‘sh ish o‘rinlarining keskin oshishi dalolat bermoqda: transport va logistika sohasida talab 136 foizga, ishlab chiqarish – 127 foizga, qurilishda – 104 foizga oshdi.
Headhunter ma’lumotiga ko‘ra, past malakali xodimlar uchun ma’qul bo‘lgan ish haqi o‘rtacha 15 foizga, qurilishda esa yiliga 15,8 foizga oshgan. "Ish beruvchilar ishchilarni jalb qilish maqsadida ish haqini oshirmoqda. Binobarin, ish haqining oshishi qisman mahsulot va xizmat narxi o‘sishiga turtki bo‘ladi", deya xulosa qildi «Avito.Rabota» boshqaruvchi direktori Artem Kumpel.
Mutaxassislarning taxmin qilishicha, kuz oxirigacha chet elliklar ishga qaytadi. Ungacha bir kasbdan ikkinchisiga – masalan, qurilish ishchisi va oddiy ishchidan kurer yoki taksi haydovchisiga qayta o‘qitish imkoniyati mavjud.
G.Xoldorova tayyorladi.