Rossiyada xohlovchilarni kosmosga bir oylik sayohatga taklif qilishmoqda

Bo‘lajak kosmik sayyohlar 30 kun Xalqaro kosmik stansiyada (MKS) yashab, hordiq chiqarishlari mumkin.

Standart kosmik sayohat dasturiga “Zvyozdnoy gorodok”da tayyorgarlik, tibbiy ko‘rik, parvoz davomida zarurat tug‘ilganda, stansiyada qutqaruv choralari kiritilgan.

Xizmatlar qatoriga Il-76 samolyoti bortida vaznsizlikni mashq qilish, orbitada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ochiq kosmosga chiqish ko‘nikmalarini hosil qilish kiritilgan. Kosmosda 10 kun bo‘lish muddatini bir oygacha uzaytirish, yerga qaytishda istalsa, “Soyuz” qo‘nish apparatini sotib olish mumkin.

Kosmosda 10 kun bo‘lish hozirda 50 million dollarga tushadi. Bu muddat bir oyga uzaytirilganda kamida 150-200 million dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

“AiF” (2020 y, 37-son) asosida T.Murod tayyorladi.