Rossiyalik shifokorlar missiyasi yakunlandi, ularning ikkitasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
- 02.10.2020 17:37
- 89
- COVID-19
O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda ko‘makka kelgan rossiyalik shifokorlar belgilangan vazifalarini yakunlab, vataniga qaytib ketdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
35 nafar rossiyalik epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralari 18 sentyabr kuni O‘zbekistonga kelgan edi.
Ular ikki hafta davomida bir necha viloyatdagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashdilar.
Rossiyalik tibbiyot xodimlari guruhini kuzatishga bag‘ishlangan tadbirda delegatsiya rahbari Konstantin Pokrovskiy va anesteziolog-reanimatolog shifokor Irina Machulinaga “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa