Rossiyaliklar yozda maroqli dam oladigan mashhur 10 mamlakat nomi e’lon qilindi

Bu yil yozda rossiyaliklar uchun maroqli sayohat qiladigan va dam oladigan 10 mamlakat nomi ma’lum qilindi. Bu haqda RIA Novosti mijozlar tomonidan band qilingan aviachiptalar hisobotiga qarab xabar beryapti.

Ular orasida Gruziya 1-o‘rinda turibdi. Ko‘pchilik rossiyaliklar yozgi ta’tilda ushbu mamlakatga borish uchun aviachiptalarni allaqachon band qilganlar.

2-o‘rinda Bolqon yarimorolining ajoyib o‘lkasi Chernogoriya joy oldi.

3-o‘rinda esa Ispaniya. 4 va 5- o‘rinlarda esa Italiya va Germaniya joylashgan.

Keyingi o‘rinlarda Bolgariya, Qozog‘iston va Moldova borayapti. 9-10-o‘rinlarni Qirg‘iziston va Ozarbayjon rossiyaliklarni ko‘proq o‘ziga jalb etmoqda.