Saidahmad Usmonov viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidagi faoliyatini yakunladi
S.Usmonov tizim rahbari sifatida lavozimga kirishgan ilk kunlaridanoq har bir ish kunini viloyatning tuman va shaharlaridagi bitta yoki ikkita maktab faoliyatini ko‘rib, muassasa holatini, pedagog va rahbar-xodimlarning o‘z vazifasiga nechog‘lik mas’uliyatli ekanligini o‘rganishdan boshladi.
Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha bo‘lim va tashkilotlar, umumta’lim maktablari direktorlarining ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, xalqimiz ishonchini oqlash, umidini ro‘yobga chiqarishda mas’uliyat bilan, halol ishlashni talab qildi. Bu borada, albatta, shaxsiy ibrat bo‘ldi.
Ta’lim fidoyisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saidahmad Usmonovning qirq yildan ziyod ta’lim sohasida to‘plagan malaka va ulkan tajribasi sohada mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylar, ayniqsa, sohaga endigina kirib kelayotgan umidli yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini alohida e’tirof etish joiz.
SamVXTB axborot xizmati.