Samarqandda 5 aprel kunidan "PIRLS – 2021" xalqaro baholash dasturiga start beriladi
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasida ushbu muhim masalaga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi milliy markaz bo‘lim boshlig‘i Jamshid Narziyev ushbu xalqaro tadqiqot yurtimizda xalq ta’limi sohasini isloh qilish, o‘quvchilar bilimi, dunyoqarashi, o‘qituvchilarning malaka va tajribasini sinovdan o‘tkazishda muhim jihat ekanini ta’kidladi.
5 aprel kunidan viloyat maktablarida o‘tkaziladigan sinovlarni o‘tkazilish tartibi, unga munosib tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Darhaqiqat, "PIRLS – 2021" xalqaro baholash dasturida Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IYeA) tomonidan tasodifiylik asosida tanlab olingan Samarqanddan 20 ta maktab qatnashadi. Ushbu maktablardagi 75 ta 4-sinfning 2246 nafar o‘quvchisi bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi.
Xalqaro tadqiqotlar joriy yilning 12 aprel kuniga qadar belgilangan jadval asosida tashkil qilinadi.
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.