Viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Bu viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov ishtirokida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xodimlari va videokonferensaloqa orqali barcha tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Xalq ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Sultonov Shokir Quvonovich Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sh.Sultonov tayinlovga qadar Paxtachi tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Zebiniso Shodiyeva Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga rahbar etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.