Salomatlik: Qandsiz yashash mumkin

Agar odam ikki hafta shirinliklardan tiyilsa nima bo‘ladi?

Ketodiyet bo‘yicha mutaxassis doktor Berg ushbu mavzuda qiziqarli tadqiqot o‘tkazdi va shunday xulosaga keldi.

Shirinlik yeyishga xohish yo‘qoladi

Har gal shirinlik yeganingizda, miyangiz huzur qiladi, keyin esa yana qo‘shimcha talab qiladi. Bunda organizm qonda qand miqdorini pasaytiruvchi garmon – insulin ishlab chiqaradi. Aynan o‘sha modda shirinlikka xumorni qo‘zg‘aydi. Siz agar shirinlikdan tiyilsangiz, insulinga qaramlikdan qutulasiz.

Teri holati yaxshilanadi

Yuzingiz va tanangizdagi toshmalar, ajinlar yo‘qoladi. Teri jilolanib turadi. Hamma gap shundaki, qand-shakar iste’mol qilingandan keyin oshib ketgan insulin adrogenlar-ayollarda erkaklik garmoni, erkaklarda testosteronni organizmdan chiqarib tashlashga ehtiyoj uyg‘otadi. Odamlar aynan ana shundan aziyat chekishadi.

Organizm tozalanadi

Shirinlikni yaxshi ko‘ruvchilar semirishga moyilligini ko‘pchilik biladi. Shakar-qand o‘zida katta miqdorda oddiy uglevodlarni saqlaydi. Uni faqat to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy yuklanish orqali chiqarish mumkin. Bundan tashqari, me’yoridan ortiq shirinlik iste’mol qilish ovqat hazm bo‘lishining buzilishiga olib keladi. Bu jigar, oshqozonosti bezi, ichaklar faoliyatida muammo paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tarkibida qand bo‘lgan mahsulotlardan voz kechilganda organizm o‘zi avval ortiqcha suyuqliklarni, keyin yog‘ni chiqarib tashlaydi. Bir haftada 3 kilodan 7 kilogacha vaznni yo‘qotish mumkin. Yurak, jigar, oshqozon, o‘pka zo‘riqmasdan bir me’yorda ishlay boshlaydi.

Chidamlilik oshadi

Agar siz shirinlikni yaxshi ko‘rsangiz, ovqatdan keyin o‘zingizni juda horg‘in, lanj sezasiz. Uyqu bosadi. Hamma gap qondagi qand miqdori yuqoriligida. U miyada charchoqni chaqirib, uyqu holatini paydo qiladi. Ovqatdan keyin glyukoza miqdori me’yoriga tushganda o‘zingizni tetik his qilasiz. Organizm quvvatni to‘g‘ri taqsimlab, ko‘proq oziq modda oladi. Chidamliligingiz oshadi.

Kayfiyat ko‘tariladi

Shirinlikni ko‘p iste’mol qiladigan organizm endorfinlar-garmonlar ishlab chiqara boshlaydi. Glyukozaga boy nimadir iste’mol qilganingiz zahoti o‘zingizni xushhol sezasiz. Bu giyohvandlikday gap. Shokolod yoki pechene yoxud shirin choy sizda quvnoqlik uyg‘otadi, qolganlari organizmda oddiygina quvvat manbai hisoblanadi. Siz shirinliksiz o‘sha oddiy taomlardan lazzat olishni o‘rganasiz. Kayfiyatingiz ko‘tarilishi uchun endi shirinliklarga ruju qo‘yish shart emas.

Og‘riqni his qilish kamayadi

Doktor Bergning aytishicha, bizning organizmimiz bunday qaraganda shirinlik yeyilganda hech qanday foydali biror bir modda qabul qilmaydi. Shirinliklarni asal yoki meva qoqilari, mayiz, turshak kabi tabiiy ne’matlar bilan almashtirish mumkin. Xuddi shunday kofe ham tetiklashtiradi. Qandning – shirinlikning o‘rnini bosuvchi tabiiy mahsulotlarga nima yetsin. Ikki haftadan keyin organizmingiz sizga rahmat aytadi. Ko‘zguga qarang, o‘zgarishni darhol sezasiz. Qon bosimi oshishi, organizmda ortiqcha yog‘ to‘planib, yurak, jigar, oshqozon-ichaklarni bemalol ishlashiga xalaqit beradigan semizlikdan biryo‘la xalos bo‘lasiz.

«Mir novostey» (2019 yild 48-son)dan T.ShOMURODOV tarjimasi.