Samarqand banklari 80,8 ming sub’yektga 4,8 trillion so‘m kredit ajratgan

Joriy yilning o‘tgan davrida tijorat banklari tomonidan 80 819 ta tadbirkor va jismoniy shaxsga jami 4 829 milliard so‘m, jumladan, 8 368 ta kichik biznes sub’yektiga 3 118 milliard so‘m kredit ajratilgan.

Ijtimoiy dasturlar asosida jismoniy va yuridik shaxslarning 16 355 ta loyihalariga jami 469,5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar berilgan.

Jumladan:

- “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida 13 586 loyihaga 365,6 milliard so‘m;

- “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” hisobidan 1 153 loyihaga 28,6 milliard so‘m;

- hunarmandchilikni rivojlantirish sohasidagi 1 094 loyihaga 35,6 milliard so‘m;

- mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalar hisobidan 122 loyihaga 2,8 milliard so‘m;

- Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armalari hisobidan 30 ta loyihaga 0,7 milliard so‘m;

- Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan 272 loyihaga 6,4 milliard so‘m;

- “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi asosida 98 loyihaga 29,8 milliard so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratildi.

Xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari hisobidan banklar tomonidan jami 288 loyihaga 171 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi.

Yil yakuniga qadar yana 20 ta loyihaga 82 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi rejalashtirilmoqda.