Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti Germaniya Bundestagi dasturida ishtirok etdi

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan yurtimiz 2020 yildan boshlab Germaniya Bundestagi «Xalqaro parlament stipendiyasi» (IPS) dasturiga kiritilgan.

IPS Bundestag Prezidentining homiyligida olib boriladi va 40 ga yaqin davlat vakillarining Germaniyada 5 oylik malaka oshirishini ta’minlaydi. Uning ishtirokchilari Germaniyadagi parlament tizimi, qonun hujjatlari va siyosiy qarorlar jarayoni bilan tanishadilar turli seminar, uchrashuv va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Dastur ishtirokchilari Bundestag tomonidan Germaniya chet el diplomatiya vakolatxonalari orqali 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasidan tanlab olinadi.

Joriy yildagi IPS-2020 dasturida 36 mamlakatdan 106  nafar vakil ishtirok etdi.

O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat chet tillar instituti magistranti Jamshid Karimov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi Mahkam Hamidov hamda ushbu universitetning yuqori diplomatiya maktabi bosh mutaxassisi Shahboz Yodgorovlar 2020 yil mart-iyul oylarida IPS dasturida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi va ushbu dasturda ishtirok etdi.

SamDChTI axborot xizmati.