Samarqand davlat chet tillar institutida 350 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi
- 03.10.2022 09:55
- 250
- Ta’lim
Institutning 2-sonli talabalar turar joyini mukammal ta’mirdan chiqarish uchun 8 milliard 301 million so‘m mablag‘ sarflandi.
350 o‘ringa moslashtirilgan mazkur talabalar turar joyining tantanali ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida vazir o‘rinbosari talabalar turar joyida yaratilgan imkoniyatlarni kuzatish bilan bir qatorda davlat xususiy sheriklik asosida qurilgan yana bir talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Institutda bugungi kunda 2 ta talabalar uchun turar joy binolari bunyod etilmoqda.