Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakultetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti qo‘shma ta’lim fakulteti hozirgi kunda universitetning eng yosh va istiqbolli fakultetlaridan biri hisoblanadi. Qo‘shma ta’lim fakultetida hozirda 6 yo‘nalish mavjud bo‘lib, talabalar davolash ishi, pediatriya, stomatologiya (Privolsk tadqiqot tibbiyot universiteti), klinik psixologiya (Chuvash davlat universiteti) va menejment (Polsha Oliy biznes maktabi) yo‘nalishlari bo‘yicha jami 241 nafar talabalar tahsil oladi.
Bundan tashqari, qo‘shma ta’lim fakultetida joriy yilda 23 nafar oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi (Ternopl tibbiyot universiteti. Ukraina) va 12 ta yo‘nalish bo‘yicha klinik ordinatorlar (Privolsk tadqiqot tibbiyot universiteti) jami 52 nafar talaba yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli tamomlab, ikkita diplomni qo‘lga kiritdi.
2023-2024 o‘quv yili uchun hujjatlarini topshirgan abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda abituriyentlarning kimyo, biologiya va jamiyatshunoslik fanlari bo‘yicha bilimlari baholandi.
Bugun birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 nafar talabgorlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ikkinchi bosqich test sinovlari o‘tkazildi. Bioinjeneriya (Boltiq federal universiteti) va klinik psixologiya (Chuvash davlat universiteti) yo‘nalishlarida ikkinchi bosqich sinovlariga tavsiya etilgan abituriyentlar rus tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon topshirishdi.
Shuningdek, joriy yilning 16 sentyabridan boshlab stomatologiya va kosmetologiya yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabuli boshlangan.