Samarqand delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyuradi

Joriy yilning 6-12 aprel kunlari ishbilarmonlar va mutasaddi rahbarlardan iborat viloyatimiz delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.

Xitoyda o‘tkaziladigan uchrashuvlarda tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilmoqda.

Delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Chjenchjou, Szinan, Shouguan va Sindao shaharlarida bo‘lib, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati bilan tanishishi, xalqaro investitsiya va savdo ko‘rgazmasida hamda “Bir kamar, bir yo‘l” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik forumida qatnashib, Samarqand viloyati investitsiya, savdo-eksport va turizm salohiyatini namoyon etuvchi taqdimotlar o‘tkazishi belgilangan. Shuningdek, dasturda Xitoyning bir qator yirik kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish hamda hamkorlik shartnomalarini imzolash ko‘zda tutilgan.