Samarqand “Millionli shahar”ga aylanadimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 iyuldagi 327-f-sonli Farmoyishiga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan Samarqand shahrini “Millionli shahar”ga aylantirish bo‘yicha viloyat hokimligining taklifi o‘rganilmoqda.
Xo‘sh, “Millionli shahar” o‘zi nima hamda davlat va jamiyat uchun qanday ahamiyatga ega bo‘ladi?

1. “Millionli shahar”ning investitsion jozibadorligi oshadi chunki, dunyodagi nufuzli kompaniyalarning biznes strategiyasi katta megapolislarga mo‘ljallangan (Phillips, Hayat, Total va boshqalar).

2. Mahalliy va chet el investorlariga hududda iqtisodiy va malakali mehnat resurslari yetarli ekanligidan dalolat beradi.
3. Bu, oddiy aytganda – prestij.
4. Yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.
5. “Millionli shahar”larda boshqa shaharga nisbatan iqtisodiy o‘sish darajasi yuqori bo‘ladi va aholi jon boshiga daromad tez o‘sadi.

6. Iqtisodiy tarmoqlar diversifikatsiyasi kuchayadi (yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatishning yangi turlari paydo bo‘ladi).
7. Tarmoq klasterlarini tashkil qilish mumkin bo‘ladi (brendlar va ularning tarmoqlari, ma’lum bir sohaning egalari).

8. “Millionli shahar”lar mamlakat YaIMni o‘sishida drayver vazifasini bajaradi (ma’lum bir tarmoqlar bo‘yicha yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadi).
9. Yirik savdo brendlari va xizmat ko‘rsatish kompaniyalarini (Hilton, Novotel, Merriod, MCDonalds, KFC va boshqalar) jalb qilinishiga erishiladi.
10. Turizm sohasi jadal rivojlanadi.

11. Masshtab effekti: Odamlar uchun yashashga jozibador hisoblanadi, chunki, ko‘p xizmat turlari rivojlangan va karera uchun imkoniyat katta bo‘ladi.
12. Raqobatbardosh korxonalar soni ko‘payadi.
13. Qurilish sohasida yangi innovatsiyalar kirib keladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish viloyat boshqarmasi.