Samarqand shahri ko‘chalarining necha kilometri ta’mirlanayotganini bilasizmi?
- 28.07.2020 16:30
- 461
- Samarqand
Samarqand shahridagi 1821 ta ko‘chaning uzunligi 848,06 kilometrni tashkil etadi. Shundan, 444,6 kilometri markaziy va ichki ko‘chalar, 403,4 kilometri mahalla ichki ko‘chalari hisoblanadi.
O‘tgan 2015-2018 yillar, ya’ni 4 yil davomida 110 kilometr yo‘l ta’mirlangan. 2019 yilning o‘zida esa bu ko‘rsatkich 160 kilometrni tashkil qilgan.
Joriy yilda loyiha qiymati 147 milliard so‘m bo‘lgan 76,9 kilometr masofada yo‘l qurish va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishi ta’minlanadi.
Bu haqda xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi sessiyasida shahar hokimi o‘rinbosari axborot bergan.
Ammo hokim o‘rinbosari ta’kidlagan bunday statistikaga qaramasdan, shahar hududida avtomobil haydash uchun risoladagidek ko‘chaning o‘zi yo‘qligiga to‘xtalmagan. Agar raqamlar aldamayotgan bo‘lsa, shu sur’atda yaqin ikki yilda ko‘hna kentda ta’mirtalab ko‘cha qolmaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa