Samarqand shahrida 2018 yilda 272 ta yong‘in sodir bo‘ldi
- 23.01.2019 11:38
- 41
- Jamiyat

Sodir bo‘lgan yong‘inlar oqibatida 7 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. 4 nafar fuqaro esa halok bo‘lgan.
Jumladan, joriy yilning 1 yanvar kuni Muqumiy ko‘chasida yashovchi I.M ning uyida gaz isitish pechi qarovsiz qoldirilgan. Oqibatda yong‘in kelib chiqib, uyning 45 metr kvadrat tom hamda fanerli shift qismi zararlangan.
Xuddi shunday holat 14 yanvar kuni Forobiy ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida ham sodir bo‘ldi. Gaz plitasini yoqib, qarovsiz qoldirilganligi oqibatida xonaga is gazi tarqalgan. Xonadonda yashovchi fuqaro Nargiza Nurova va 8 yoshli qizi Munisa Erkinova is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
D.NAJMIYEV, Samarqand shahar YXB inspektori, serjant.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ellik kilo uni bor odam boy hisoblanardi
- Kecha, 16:39
- Mutolaa
Murojaatchilar e’tirofidagi deputat
- Kecha, 14:35
- Jamiyat
Rossiya dronlari ilk bor NATO mamlakati hududida
- Kecha, 14:34
- Xorij