Samarqand tibbiyoti raqamlarda

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 6-8 fevral kunlari viloyatimiz sog‘liqni saqlash tizimi respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijalari ma’lumotnomasida qayd etilishicha:

2017-2018 yillarda tez tibbiy yordam tizimiga 100 ta "Damas", 11 ta "Nissan", 15 ta "Xunday", 6 ta "Toyotta" rusumli zamonaviy reanimobillar yetkazib berildi va viloyat bo‘yicha tez tibbiy yordam avtomashinalari soni normativga ko‘ra, 259 taga yetkazildi.

***

Dori-darmon uchun bir chaqiriqqa sarflanadigan mablag‘ miqdori 1880 so‘mdan 5000 ming so‘mga yoki qariyb 2,6 marotabaga oshirildi.

***

2017 yilda viloyatga dori-darmon va tibbiy buyumlar uchun davlat byudjetidan 26,1 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2018 yilda 59,4 milliard so‘m ajratilib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ortdi. 2019 yilda esa 69,4 milliard so‘m rejalashtirildi.

***

Investitsiya dasturi doirasida 2017 yilda 8 ta ob’yektda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 16,6 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. 2018 yilda esa 4 barobar ko‘p mablag‘lar ajratilib,(73,9 milliard so‘m) 38 ta ob’yektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

***

2019 yil Investitsiya dasturi doirasida 17 ta muassasada 40 milliard so‘m­lik qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli bajarish rejalashtirildi.

***

Viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalari 2018 yilda barcha manbalar hisobidan 2,4 million dollar, 168 ming yevrolik 8,5 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Jumladan, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga Germaniyaning KFW banki krediti asosida 168 ming yevrolik 24 turdagi tibbiy asbob-uskunalar va jihozlar  xarid qilindi.

***

Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga 131,8 ming dollarlik immunogistoximiya apparati yetkazib berildi.

***

Viloyat nogironlar reabilitatsiya markaziga Xitoy grand mablag‘i evaziga 1,2 million dollar qiymatida 34 turdagi asbob-uskunalar olindi.

Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 3,4 milliard so‘m ajratilib, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga sun’iy qon aylanish apparati hamda barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari skrining xonalari uchun eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy UTT va boshqa tibbiy asbob-uskunalar xarid qilindi.

***

Viloyatda davolash-profilaktika muassasalari va barcha QOP, QVPlarda "Elektron poliklinika" avtomatlashtirilgan axborot tizimini to‘liq joriy etish 2019 yilga rejalashtirildi va bu ishlar uchun dasturda 2 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirildi.

***

2018 yilda yangidan tashkil etilishi rejalashtirilgan 26 ta xususiy korxona o‘rniga 86 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etilib, ularning soni 382 taga yetdi. Shundan 310 tasi (81,1 %) ambulator va 72 tasi (18,9%) statsionar sharoitda 46 turdagi ixtisosliklar bo‘yicha aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


2018 yil davomida 6022 nafar chet el fuqarolariga viloyat hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat tibbiy muassasalar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatilgan (Qirg‘iziston – 780, Qozog‘iston – 600, Tojikiston – 4530, Rossiya – 112).

***

2019 yilda 68 ta yangi xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etilishi (shulardan 4 tasi chet el investorlari ishtirokida) belgilangan.

***

Samarqand tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish fakultetlari va Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olgan 500 nafarga yaqin bitiruvchilar taqsimot qilindi.

***

Ayni paytda viloyatda 726 ta shtatlar vakansiyasi mavjud (490 ta tor doiradagi mutaxassislarga va 236 ta umumiy amaliyot shifokorlari).

***

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 200 nafardan ortiq bemorga koronar qon tomirlarni stendlash, 50 nafar bemorga magistral qon tomirlar angiografiyasi kabi yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazildi.

***

Respublika va viloyat tibbiyot markazlari mutaxassislaridan tashkil topgan guruhlar tomonidan selektiv patronaj natijasida aniqlangan bemorlardan 5 ming 528 nafari tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi. Ko‘riklar natijasida 232 nafar bemor tuman shifoxonasida, 74 nafari viloyat shifoxonalarida, 17 nafari respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davolanishi uchun yo‘llanma va orderlar berildi, 240 nafar bemor uyida ko‘rikdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari mahorat darslari davomida 4 nafar bemorlarda respublika markazlari mutaxassislari tomonidan yuqori texnologik, murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.