Samarqand tumanida 4 xil rangli, 20 xil navli pomidor yetishtirilyapti

Samarqand tumani Yuqori Turkman mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Otabek Umurov 25 sotix maydondagi issiqxonalarda pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri yetishtiryapti.

Odatda biz qizil rangli pomidorlarni iste’mol qilamiz. Yosh tadbirkor issiqxonasida sariq, pushti va qora rangli pomidorlar ham yetishtiriladi.

- Issiqxonachilik bilan shug‘ullanish bobomdan meros, - deydi u. – Bugungi kunda 20 xil navli pomidor yetishtiryapmiz. Qizil va sariq rangdagi “Cherri” navli pomidorning bozori chaqqon. Uning bir tupidan  3-4 kilogramm hosil olinadi. Kilosi 25-30 ming so‘m atrofida sotiladi. Mamlakatimiz uchun yangi bo‘lgan bu pomidorlarni ko‘paytirish maqsadida ko‘chatchilik bilan ham shug‘ullanyapmiz. Ko‘chatlarni parvarishlashda kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanmaymiz.

Tadbirkor kelgusida xorijdan keltirilgan 4 xil rangli bulg‘or qalampirlarini ham yetishtirishni niyat qilgan.

E’zoza Meyliyeva,

Dinora Hamidova.