Samarqand tumanida yer maydonini 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro D.V.ga boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan Samarqand tumani hududidan yengil konstruksiyali issiqxona tashkil qilish uchun 5 yil muddatga ajratilgan 0,90 gektar yer maydonini fuqaro S.ga firibgarlik yo‘li bilan 40 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari o‘tkazilmoqda.