Samarqand tumanida o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al qazib olib davlatga 450 million so‘mlik zarar yetkazganlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.G.” MChJ mas’ul shaxslari 9,3 ming kub hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 448,9 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.