Samarqand tumanidagi YTH ikki nafar piyoda vafot etdi. IIB gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanganini ma’lum qildi
- 04.01.2023 16:26
- 161
- Hodisa
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 1 yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida «AUDI» rusumli avtomashinasi oldiga o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan ikki nafar piyodalarning yugurib chiqishi natijasida haydovchi B.U. ularni urib yuborib yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.
YTH oqibatida piyodalar vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK-266 moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Teglar:
YTH