Samarqand va Amir Temur

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi viloyatimizda keng nishonlanmoqda.

Bugun tongda viloyat va shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari Amir Temur maqrabasini ziyorat qilib, buyuk jahongirni yodga oldilar. Qur’on tilovat qilindi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari, Samarqand shahridagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari, harbiylar Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘ydi. Yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lishiga qaramay shahar aholisi, o‘quvchi va talaba-yoshlar hamda faxriylar – katta-yu kichik sohibqiron haykali o‘rnatilgan maydonda jam bo‘lib, ulug‘ bobomiz xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatdi.

Samarqand shahridagi oliy o‘quv yurtlari, muzeylar va boshqa muassasalarda Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.