Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida va ayrim tumanlardagi 68 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmaydi
25 may kuni barcha umumta’lim maktablarida (onlayn ta’lim shakliga o‘tgan maktablar bundan mustasno) “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkaziladi.
Joriy yilda o‘quv jarayonlari onlayn shaklda davom etayotgan Samarqand (82 ta maktab) va Kattaqo‘rg‘on (18 ta maktab) shaharlarida va tumanlardagi 68 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmaydi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- maktabning kirish qismi pirometr va antiseptik vositalari bilan ta’minlanadi hamda ijtimoiy masofani belgilovchi chiziqlar chiziladi;
- tadbirda faqatgina 4-, 9- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi;
- tadbir maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarda o‘tkaziladi hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- tadbir xalq ta’limi bo‘limlari bilan kelishilgan aniq ssenariy asosida, soat 8:00 dan 8:45 ga qadar tashkil etiladi.
Abduhoshim Ziyodov,
viloyat xalq ta’limi
boshqarmasi matbuot kotibi.