Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov urush qatnashchilari holidan xabar oldi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarga yuksak ehtirom ko‘rsatilib, ular holidan xabar olinmoqda.
Bugun Bulung‘ur tumani “Niyozmat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi O‘razali bobo Pirmanov xonadoniga viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi O‘razali bobo Pirmanovni bayram bilan samimiy muborakbod etib, u kishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘llangan Tabriknomani o‘qib eshittirdi.
Urush qatnashchisi, mehnat faxriysi “Jasorat” medali sohibi O‘razali bobo Pirmanovga viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan pul mukofoti va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Erkinjon Turdimov bugun Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, urush qatnashchisi Axat bobo Ochilov xonadonida ham bo‘ldi. Axat boboga ham pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Jomboylik urush qatnashchilari G‘ani bobo Tojiboyev va Hasan bobo Ortiqovlar xonadoniga ham viloyat hokimi sovg‘a-salomlar bilan tashrif buyurdi.
Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilarining jasorati, Vatan uchun o‘z jonini xavfga qo‘yib qilgan mehnatlari hech qachon avlodlar yodidan ko‘tarilmaydi. Biz mard, botir, jasoratli bobolarimiz borligidan faxrlanamiz.