Samarqand viloyat IIB YHXB ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan holatga munosabat bildirdi
Joriy yilning 1 avgust kuni Facebook internet ijtimoiy tarmog‘ida “Kun fotosi” sarlavhasi ostida internetga qo‘yilgan Samarqand viloyati IIB YHXB hojatxonasi ahvoli antisanitariya holatida ekanligi mas’ul rahbar xodimlar tomoniidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
Ijtimoiy tarmoqda qayd etilgan hojatxona Samarqand shahar Spitamen shohko‘chasi 157-uy manzilida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor Bahrom Tursunovga tegishli bo‘lgan oshxona hududida joylashgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB ma’muriy binosi (Samarqand shahar Spitamen shohko‘chasi 157A-uy manzilida joylashgan) mazkur tadbirkorga tegishli bo‘lgan ma’muriy binolar bilan tutash hududda joylashganligi sababli YHXBga kelgan fuqarolar u yerdagi hojatxonadan foydalanishadi.
Haqiqatdan ham yakka tartibdagi tadbirkor B.Tursunovga tegishli bo‘lgan hojatxona borib ko‘zdan kechirilganda, antisanitariya holatida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur hojatxona va uning atrofi tozalanib, tarmoqda qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXB.