Samarqand viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari yana o‘rinbosarlikka qaytdi
Rustam Qobilov viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.
Shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari sifatida ishlab kelgan R.Qobilov bugun o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.
Rustam Qobilov bundan avval 2018 yil aprel oyidan 2020 yilning sentyabr oyiga qadar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan edi.