Rustam Qobilov, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari:

– Bu yil gazeta, jurnallarning obunasi keskin pasayib ketganligini barchamiz ko‘rib, bilib turibmiz. Bunday vaziyatda muassislar imkon qadar o‘z nashrlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Ko‘plab tahririyatlar esa mushtariylar talab va istaklaridan kelib chiqib, o‘z gazetasi mazmun-mundarijasini boyitish, bozor talablariga moslashishga intilayotgani ham e’tiborga loyiq. Ana shunday sharoitda ayrim tuman, shahar gazetalari tahririyatlarida ma’naviy muhitning nosog‘lomligi, nashrning na mazmuni, na sifatini oshirishga e’tibor qaratilayotgani kishini hayron qoldiradi…