Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi 29 dekabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimovning bugun, 28 dekabrda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, yetmish to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yetmish to‘qqizinchi sessiyasi 2022 yil 29 dekabr kuni soat 09:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Samarqand viloyatining 2023 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 30 dekabrdagi “Samarqand viloyati mahalliy byudjetning 2021 yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilgi mahalliy byudjetning belgilangan asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida 2023 yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 17 noyabrdagi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.