Viloyat Kengashining 13-sessiyasi 30 may kuni o‘tkaziladi

Bu haqda Kengash raisi Sh.Negmatov 27 may kuni qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq, o‘n uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi farmoyishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi 2025 yil 30 may kuni chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2024 yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari B.Mirzayevning axboroti;

- viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2022 yil 12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qarorlari ijrosi yuzasidan hisoboti;

- hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- viloyatda 2026-2028 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladigan loyihalarning taqdimoti to‘g‘risida;

- Bulung‘ur tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025 yil 3 fevraldagi “2025 yilda Samarqand viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025 yil 2 maydagi “Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida” qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

- qishloq joylarni kompleks rivojlantirish (2-bosqich) loyihasi doirasida ishlab chiqilgan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan Kengash tekshiruvi o‘tkazish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.