Viloyat Kengashining 64-sessiyasi 27 may kuni o‘tkaziladi 

Bu viloyat hokimi E.Turdimovning 2022 yil 20 maydagi “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilindi.

Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish to‘rtinchi sessiyasi 2022 yil 27 may kuni soat 9:00 da chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- viloyatda investitsiya sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i O.Mirzabekovning hisoboti;

- viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inog‘omovning viloyatda soliq yig‘uvchanligi, mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlarni bajarilishi, viloyatdagi Samarqand shahri, Urgut va Ishtixon tumanlari, Juma va Chelak shaharchalaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, savdo markazlarida noqonuniy faoliyat ko‘rsatish, soliqdan qochish holatlarining oldini olish borasida qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

- viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Inatillo Hamroyevning viloyatda transport xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda belgilanadigan vazifalar to‘g‘risida hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-43-sonli qarorining ijrosi yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovning hisoboti;

- “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati direktori v.v.b S.Shomurotovning viloyat aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida hisoboti;

- Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi rahbari O.Azimovning ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan doimiy nazorat olib borilganligi bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti;

- viloyatda tez tibbiy yordam va shoshilinch yordam hizmatidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida;

- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazish to‘g‘risida.

- boshqa masalalar.