Viloyat Kengashining 93-sessiyasi 27 noyabrda o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2023 yil 16 noyabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, to‘qson uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi to‘qson uchinchi sessiyasi 2023 yil 27 noyabr kuni chaqiriladi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» Farmoni ijrosi bo‘yicha viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev hamda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i T.Mahmudovlarning hisobotlari haqida;

- viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi S.Zayniyevning viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;

- viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilovning viloyat hokimining 2023 yil 8 noyabrdagi «Viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil I va II chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan foydalanish to‘g‘risida»gi qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari ob’yektlarini qurish va ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 18 martdagi «Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi qarori bilan ajratilgan mablag‘ining tejab qolingan qismini yo‘naltirish to‘g‘risida;

- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 17 iyundagi «Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarini qayta tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida;

- Samarqand viloyati prokuraturasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 10.2/5/23-sonli taqdimnomasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.