Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi boshlandi
Samarqand viloyati hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qarori ijrosi, xususan, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlari hamda inshootlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish borasida olib borilayotgan ishlar ahvoli yuzasidan “Suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Isayevning hamda “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori K.Yusupovning hisobotlari;
- viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning viloyatda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha mahallabay asosda “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash yuzasidan hisoboti;
- viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilovning 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining I chorakdagi ijrosi bo‘yicha axboroti;
- 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.