Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimligida Erkinjon Turdimov rahbarligida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ham ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Shodiyeva Zebiniso Nurmamadovna — Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zebiniso Shodiyeva ayni paytga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.