Samarqand viloyati XOSPES markazidan 23, Narpay tumanida 18 nafar fuqaro uy karantiniga olingan

Kecha, 6 iyul holatiga ko‘ra, viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya qilmagan shahar va tumanlar fuqarolarga nisbatan kun davomida 474 ta bayonnoma tuzilgan.

Mavsum davomida 55 204 ta ma’muriy hamda 2 ta jinoiy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Viloyat XOSPES markazidan 23, Samarqand tumanidagi salomatlikni tiklash shifoxonasidan 37, shuningdek, Narpay tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limidan 18, Oqdaryodan 13, Qo‘shrabotdan 3, Urgutdan 3 nafar fuqarolar uy karantiniga olingan.

Shu kunlarda yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 93, Kattaqo‘rg‘on shahridagi reabilitatsiya markazida 6, Urgutda 2, Toyloqda 3, Samarqand tumanida 7, Paxtachida 12, Past Darg‘omda 2, Payariqda 49, Qo‘shrabotda 2, Oqdaryoda 9, Samarqand tumanidagi salomatlikni tiklash shifoxonasida 31, XOSPES markazida 50 nafar fuqarolar umumiy karantin holatida saqlanmoqda.

Hozirgacha viloyatda 495 kishida Covid-19 aniqlangan. Ularning 93 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida davolanmoqda.

Samarqand viloyati koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo shtabi.