Samarqand viloyatida 11 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi
Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari (50 va 47 yoshli ayollar) Toshkent viloyati, 1 nafari esa (28 yoshli erkak) Surxondaryo viloyatdan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafar esa Namangan viloyatidan.
Shunday qilib, Toshkent shahrida jami sog‘ayganlar 1120 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatidan sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, 6 nafari erkak, 5 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshda, yoshi kichigi 18 yoshda.
Andijon viloyatida tuzalgan bemor (22 yoshli ayol) Andijon shahridan bo‘lib, endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 175 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida keltirilishicha, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2859 nafarga yetdi.