Samarqand viloyatida 2 ta oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi

“Samarqand viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga asosan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali hamda Toshkent davlat transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
👉 SamDUning Kattaqo‘rg‘on filiali va Transport universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali ta’lim faoliyati 2020-2021 o‘quv yilidan boshlanadi.