Samarqand viloyatida nega ayrim kichik sanoat zonalari sust ishlamoqda?
- 01.07.2019 18:21
- 121
- Iqtisodiyot

Viloyatimizda 14 hududda 19 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 115,8 gektar yer maydoni ajratilgan. Biroq, kichik sanoat zonalari salohiyatidan samarali foydalanish hamda ma’qullangan loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha ishlar sust olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand shahar "Vaksina" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Oqdaryo tumani "Dahbed" muqobil mashina traktor parki hamda Narpay tuman Tepa mahallasida tashkil etilgan kichik sanoat zonalar uchun hozirga qadar bosh rejalar tasdiqlanmagan.
Kichik sanoat zonasi ma’muriy kengashi tomonidan qiymati 71,2 mln. AQSh dollarlik 103 ta loyiha ma’qullangan va ular 46,8 gektar maydonga joylashtirilgan, lekin 69 gektar maydonga takliflar kiritilmagan.
Teglar:
sanoat zonalari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand