Samarqandda 100 yoshdan oshganlar necha kishi?
- 07.10.2019 14:14
- 489
- O‘zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 1 oktyabr holatida Samarqandda 100 yoshdan oshgan pensiya va nafaqa oluvchilar 53 nafarni tashkil etadi. Uzoq umr ko‘rishda ayollar yetakchi ekan – 41 nafar.
Yoshi asrdan oshgan piru badavlat nuroniylar Urgut (8 nafar), Kattaqo‘rg‘on (7 nafar) va Payariq (6 nafar) tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, Samarqand tumanida bir nafar onaxon hayot kechirmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yuz yoshdan oshgan yurtdoshlarimizga har oylik pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari – 223 ming so‘m miqdorida ustama to‘lanadi.
Teglar:
nuroniylar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- 2 soat avval
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Bugun, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Bugun, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Bugun, 12:34
- Mutolaa