“Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi o‘zgardi
- 17.01.2020 21:22
- 737
- O‘zbekiston
O‘zbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi a’zolari, respublika boshqaruvi xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra, shu paytga qadar jamg‘armaning respublika boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Jalilov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi etib saylandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Qosimov ishtirok etdi.
O‘zA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa