Samarqandda 111 million so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
- 16.11.2020 14:25
- 163
- Samarqand
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarini ko‘cha-ko‘yda pullash bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida “KIA Carnival” rusumli avtomashina yukxonasida fuqaro U.A.ga tegishli bo‘lgan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 111 million so‘mlikka yaqin, 9 turdagi 56172 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi hamda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan dastlabki bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.
Teglar:
Pirotexnika vositalari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa