Samarqandda 2020 yili byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq 54 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Misol uchun, Samarqand shahridagi “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari, Fransiya Taraqqiyot agentligining “Chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasiga 80 dona maxsus transportni xarid qilish bo‘yicha tenderga noto‘g‘ri qo‘yib, 3 million 158 ming yevro narx bilan qatnashib kelayotgan “Cranes and special trucks” MChJni tenderdan asossiz chetlatib, 4 million 188 ming yevro taklifi bilan qatnashgan Ozarbayjon-Xitoy “KAI MEI-HAYAT GROUP” qo‘shma korxonasi bilan shartnoma tuzib, juda ko‘p miqdordagi 12,4 milliard so‘mga teng 1 million 30 ming yevroni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Umuman, o‘tgan yili byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq 23,5 milliard so‘mlik zarar aniqlangan. Jumladan, xalq ta’limi tizimida 10 holatda 3,4 milliard so‘m zarar aniqlanib, 2,8 milliard so‘mi undirilgan.
Maktabgacha ta’lim tizimida 6 holatda 736,3 million so‘m zarar aniqlanib, 542,5 million so‘mi undirilgan.
Sog‘liqni saqlash tizimida 6 holatda 782,4 million so‘mlik zarar aniqlanib, 453,5 million so‘mi undirilgan.
Elektr tarmoqlari tizimida 5 holatda 6 milliard so‘mlik zarar aniqlanib, 1 milliard so‘mi undirilgan.
Banklarda 8 holatda holatda 5,8 milliard so‘mlik zarar aniqlanib, 1,3 milliard so‘mi undirilgan.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarida 3 holatda 181,2 million so‘mlik zarar aniqlanib, 250,5 million so‘mi undirilgan.
Boshqalarda 16 holatda 6,6 milliard so‘mlik zararlar aniqlanib, 1,2 milliard so‘mi undirilgan.
Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi zarnews.uz ga ma’lum qildi.