Samarqandda 404 nafar tibbiyot xodimiga 664 million so‘m to‘lab berildi
Moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun respublika bo‘yicha jalb qilingan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish va har kunlik qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etdi.
Qariyb 16 ming tibbiyot xodimiga 55 milliard so‘m to‘lab berilgan.
Shundan, Samarqand viloyatida 404 nafar tibbiyot xodimiga 664 million so‘m to‘langan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob’yektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi (keyingi o‘rinlarda — maxsus to‘lov) belgilangan:
- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m;
- o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m;
- kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m;
- boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.