Samarqandda buldozer tomonidan magistral gaz quvuriga shikast yetkazilgan, holat bartaraf etilayotgani aytildi

Kecha, 19 aprel kuni Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli magistral gaz quvurining 226-kilometrida tuproq ishlarini bajarayotgan buldozer gaz quvuriga shikast yetkazgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, katta miqdorda tabiiy gaz sizib chiqishini oldini olish maqsadida quvurning 215-kilometridagi kranlar yopilgan.

Aytilishicha, quvurda yuzaga kelgan mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. Sharqiy yo‘nalishdagi iste’molchilarga tabiiy gazni G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli quvurlar orqali yetkazib berish va uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.